2020 yil bahorigacha Gruziyaga poyezd orqali yuk tashishni boshlash rejalashtirilmoqda

2020 yil bahorigacha Gruziyaga poyezd orqali yuk tashishni boshlash rejalashtirilmoqda

«O‘zbekiston temir yo‘llari» 2020 yil bahoriga qadar Ozarbayjon va Gruziyaga tranzit poyezdlari harakatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi temir yo‘l tashuvchisi matbuot xizmati.

Bu haqda Toshkentda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston va Turkmaniston temir yo‘llari rahbarlarining besh mamlakat o‘rtasidagi xalqaro multimodal yo‘nalishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvida aytildi.

«Multimodal yo‘nalish bo‘yicha tajriba tranzit konteyner poyezdi harakatining yo‘lga qo‘yilishi 2020 yilning birinchi choragida rejalashtirilgan», -deyiladi kompaniya saytidagi yig‘ilishdan keyingi bayonotda.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar tranzit tariflarining umumiy stavkalari va marshrut bo‘yicha yuklarni tashish shartlarini belgilab, logistika infratuzilmasini muhokama qildi. Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston transport vazirligi raisligida ishtirok etuvchi mamlakatlar temir yo‘llari rahbarlaridan tarkib topgan muvofiqlashtiruvchi qo‘mitani tuzishga kelishib oldi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning birinchi choragida Boku-Tbilisi-Kars temir yo‘l liniyasi bo‘ylab tajriba tranzit yuk tashishni boshlash rejalashtirilgan edi. U 2017 yil oktyabr oyida Ozarbayjon-Gruziya-Turkiya davlatlararo kelishuvi asosida ochilgan. Uning ishtirokchilariga ko‘ra, dastlabki bosqichda yuk hajmi 6,5 million tonnani tashkil etadi va bir milliongacha yo‘lovchi tashiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar