2020 yilgi davlat dasturi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

2020 yilgi davlat dasturi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

"Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston prezidenti Farmoni loyihasini yanada takomillashtirish hamda fuqarolarning xohish-istaklarini inobatga olgan holda ishlab chiqish uchun jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

17,5 trln so‘m va 9,6 mlrd dollarga teng loyihalarni amalga oshiriladi

2020 yil Davlat dasturi loyihasi 320 ta banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Prezidentining 2020 yilning 24 yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida aks etgan asosiy g‘oya va takliflari hamda 2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalar asosida ishlab chiqildi.

Uning doirasida jami qiymati 17,5 trln so‘m va 9,6 mlrd dollarga teng loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Takliflarga ko‘ra Davlat lasturi takomillashadi

Jamoatchilik muhokamalarida fuqarolar, xalqaro ekspertlar, tegishli vazirlik va idora mutaxassislari, biznes doira hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari turli davra suhbatlari, munozaralar, ochiq muloqotlar o‘tkazish orqali qamrab olinadi.

Keng jamoatchilik vakillari, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan muhokamalar davomida kelib tushgan barcha fikr-mulohaza va takliflar natijasida Davlat dasturi loyihasi yanada takomillashtiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar