50 tonnadan ortiq o‘zbek gilosi koreyaliklar dasturxonidan joy oladi

50 tonnadan ortiq o‘zbek gilosi koreyaliklar dasturxonidan joy oladi

1 iyun kuni "O‘zbekiston havo yo‘llari" AJ aviakompaniyasining charter yuk reysi Farg‘onadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Janubiy Koreyaning Inchxon shahriga 50 tonnadan ortiq gilosning navbatdagi partiyasini yetkazib berdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan gilos “UZ-SEGANG” qo‘shma korxonasi tomonidan Janubiy Koreyaning hamkor “Sunfinite Co., Ltd.” kompaniyasiga yetkazilgan. O‘zbek giloslari o‘sha yerdan butun Janubiy Koreya bo‘ylab mamlakat ulgurji va chakana savdo tarmoqlari orqali tarqatiladi.

Aytish joizki, mamlakatimizning Seuldagi diplomatiya vakolatxonasi xodimlari o‘zbek mahsulotlarini Koreya Respublikasi bozoriga chiqarishda izchil faoliyat olib bormoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar