9 may — Xotira va qadrlash kunida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish ta’qiqlanadi

9 may — Xotira va qadrlash kunida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish ta’qiqlanadi

Respublika maxsus komissiyasi axborotiga ko‘ra, hududlarda "yashil", "sariq" va "qizil" toifalarga ajratgan holda tabaqalashtirilgan karantin cheklovlaridan qat’i nazar, barcha hududlarda 9 may — Xotira va qadrlash kunida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yoshi ulug‘ faxriylar holidan xabar olish TAQIQLANADI va barchamiz uchun ulug‘ ushbu bayramni faqat oila davrasida nishonlash tavsiya etiladi.

Ta’kidlash joizki, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini bayram munosabati bilan tabriklash va rag‘batlantirish tadbirlari sanitariya talablariga rioya qilgan holda davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar