Abituriyentlar uyda qolib, bepul “onlayn-repetitor” orqali testlarga tayyorlanishi mumkin

Abituriyentlar uyda qolib, bepul “onlayn-repetitor” orqali testlarga tayyorlanishi mumkin

“Umrida birinchi bor oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtihonga tayyorlanayotgan bitiruvchilarimizda, albatta, xayajon bosib testni qanday to‘ldirish, o‘zini qanday tutish kabi masalalarda ham xato qilib qo‘yish xavfi yuqori.

Shu bilan birgalikda, hammaning ham hozirgi yozgi ta’til vaqtida repetitorga borish imkoni yo‘q.

Shuning uchun “Online-maktab” kanalida (5-8-sinflarnikini o‘rniga) bugundan boshlab “Online-repetitor” rukni ostida testga tayyorlash kurslari boshlandi. Endi mamlakatimizning istalgan joyidan bemalol uyda o‘tirib Davlat test markazining testlariga tayyorgarlik ko‘rsa bo‘ladi”, deb xabar bermoqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov.

Xabar “Ushbu imkoniyatni yaratilishida o‘z hissasini qo‘shgan barcha o‘qituvchilar va mutasaddilarga, jumladan, Vazirlar Mahkamasidagi yangi Kompleksimiz, Milliy teleradiokompaniya, AKT vazirligi hamda Davlat test markazi rahbarlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

15 va 16 iyun kuniga mo‘ljallangan jadvallar bizning rasmiy telegram kanalimizda eʼlon qilindi, keyingi kunlarning dars jadvalini kanalimizda kuzatib boring: https://t.me/uzedu”, deb yakunlanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar