Haftalik birja kotirovkalar: benzin narxi pasaymoqda

Haftalik birja kotirovkalar: benzin narxi pasaymoqda

2019 yil 9 – 13 dekabr kunlari "O‘zRTXB" AJda o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi ustuvor ravishda pasaydi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida 3499,4 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qo‘yildi va shundan 2726,0 tonnasi sotildi. So‘nggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,7% ga pasayib bir tonnasi uchun 6270,7 ming so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 13,3 mlrd so‘mlik 4880,0 tonna suyultirilgan gaz sotishdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 1,9% ga paayib, bir tonna uchun 2730,7 ming so‘mni tashkil etdi.

Qora metall bozorida narxlar pasayib borayotgan o‘zgarishlar kuzatilmoqda. ST 12-35 GS armaturaning narxi 1,3% ga pasayib, bir tonnasi uchun 5491,8 ming so‘mni tashkil etdi. Birja orqali sotilgan barcha turdagi qora metallning hajmi jami 7,6 ming tonnani tashkil qilgan.

Sement bozori ham narxlar pasayishini ko‘rsatmoqda. PS M-400 D-20 sement bo‘yicha narxlar avvalgi haftaga nisbatan 1,3% ga pasayib, 505,3 ming so‘mni tashkil qildi. Faol sotilayotgan boshqa markali sementlarning narxlar diapazoni 460,0-750,0 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Paxta tolasi bozorida yuqori darajadagi talab saqdanmoqda. O‘tgan hafta 1 nav 4 tip (oliy 2019) dagi paxta tolasi bo‘yicha narxlar 2,3% ga o‘sib, bir tonna uchun 14,9 mln so‘mni tashkil etdi. Paxta tolasini boshqa navlarining narxlari o‘rtacha 10,9 mln so‘mdan 14,5 mln so‘mgacha bo‘ldi.

Plyonka ishlab chiqarishda foydalaniladigan F-0120 polietilenning narxi 7,4% ga pasayib, 11,4 mln so‘mni tashkil etdi. O‘tgan haftada jami 1,8 ming tonna polietilen sotilgan.

O‘tgan haftada karbamid bozorida narxlar biroz ko‘tarilishi kuzatildi. Karbamid “V” ning bahosi o‘tgan haftada 0,9% ga o‘cib, bir tonnasi uchun 1831,7 ming so‘mni tashkil etdi. Umuman olganda, hafta davomida birja savdolari orqali 41,7 ming tonna mineral o‘g‘itlar sotildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar