“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 21 dekabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘ri“Amirsoy” majmuasini ishga tushirish uchun Italiya, Germaniya, Avstriya, Argentina, Ispaniya va Daniya kabi davlatlardan yetakchi loyihachi kompaniyalar jalb etilib, tog‘-chang‘i kurorti majmuasi zamonaviy jahon standartlari asosida qurib bitkazildi va bugun Siz, aziz tashrif buyuruvchilar uchun ishga tushirilmoqda. Tog‘-chang‘i kompleksi joylashuv jihatidan qulay hududda tashkil etilgan bo‘lib, dam olish maskanining faoliyati uchun yuqori sifatli asbob-uskunalar, jihozlar keltirilib o‘rnatilgan, bu esa, o‘z navbatida, mehmonlar xavfsizligini ta’minlash va ularga qulay sharoit yaratishga qaratilgan. Ushbu loyiha sohada katta tajribaga ega Andorraning “PGI Management” kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi”, - dedi Aziz Abduhakimov. Shundan so‘ng Sabina Mustayeva, DJ Petishka va Bella, “Sharqoniy” guruhi, Janob Akrom va uning baraban-shousi, Sergey Zlotnikovning “Double Dance Show” musiqiy tabriklari yangradi.

Xalq polvonlarining folklor shousi hamda Baxriddin Chustiy boshchiligidagi eng taniqli oshpazlar guruhidan taqdim etilgan “Katta palov” tadbirga milliy shukuh bag‘ishladi. Ta’kidlash joizki, “Amirsoy” loyihasi bo‘yicha 2018 yildan buyon 892 gektar maydonda keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilib, u 580 o‘ringa mo‘ljallangan. Loyiha doirasida 300 yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan hamda uning umumiy qiymati 100,0 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi.

“Amirsoy”ni qurish ishlariga eng ilg‘or va innovatsion texnologiyalar jalb qilingan bo‘lib, kurort loyihasi ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich - 2019 yilning IV choragida, ikkinchi bosqichi esa 2022 yilning III choragida bitkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek hududda Avstriyaning “Doppelmayr Seilbahnen GmbH” kompaniyasi tomonidan ikki zamonaviy dor yo‘li qurildi, uning uzunligi 2 193 m bo‘lib, o‘tkazuvchanlik qobiliyati soatiga 2 400 kishini tashkil etadi.

Qishki dam olish zonasida Argentina, Ispaniya va Daniya mutaxassislari nazorati ostida turli murakkablikdagi 15 km uzunlikdagi tog‘-chang‘i yo‘llari qurildi. Ularning 4 tasi kurortning eng yuqori nuqtasidan boshlanadi va eng uzun trassa 3 550 metrni tashkil etadi. Sun’iy qor ishlab chiqarish tizimi esa chang‘i mavsumini noyabrdan aprel oyigacha uzaytirishga xizmat qiladi. Qishki sport o‘yinlari ishqibozlari, chang‘ichilar va snoubordchilar uchun har qanday darajadagi yo‘llar mavjud bo‘lib, ularning tog‘-chang‘i sporti bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shu bilan birga, tog‘-chang‘i kurorti majmuasi hududida tyubing, piyoda sayohatlar, qorda yurish uchun maxsus turlar, chana va kvadrotsiklda uchishlarni o‘z ichiga olgan ko‘ngilochar zona va maxsus bolalar o‘yin maydonchasi uchun alohida hududlar tashkil etilgan. Ayni vaqtda loyihaning birinchi bosqichi yakunlanib, “Amirsoy” dam olish maskanining keng jamoatchilik uchun ochilishga tayyor holatga keltirilgan. Loyihaning “G‘arbiy Amirsoy” deb nomlangan ikkinchi bosqichi esa 2022 yilning uchinchi choragida yakunlanishi va ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar