Andijon va Buxoro shaharlari 2040 yilgacha qaytadan quriladi

Andijon va Buxoro shaharlari 2040 yilgacha qaytadan quriladi

Andijon va Buxoro shaharlarining 2040 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejalari tasdiqlanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi joylashtirildi.

Andijon shahrida ikkita ma’muriy markaz tashkil qilinadi:

Birinchi ma’muriy markaz – shaharning bugungi kundagi Alisher Navoiy, O‘zbekiston va Mustaqillik ko‘chalari kesishmasi hisoblanib, u yerda rekonstruksiya va yangi qurilish ishlari rejalashtirilgan.

Ikkinchi ma’muriy markaz – shaharning janubidagi Alisher Navoiy va Boburshoh ko‘chalari kesishmasida joylashtiriladi.

Shu bilan birga, Oltinko‘l va Andijon tumanlaridan Andijon shahriga qo‘shilayotgan hududlarda joylashgan mavjud mahallalarni shahar sharoitiga moslashtirish ishlari ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Buxoro shahrining bosh rejasiga muvofiq:

madaniy, maishiy va kommunal ob’yektlarni aholining ijtimoiy ehtiyojlariga hamda amaldagi me’yorlarga javob beradigan darajaga yetkazish, yangi majmualarni qurish ko‘zda tutilgan.

Magistral ko‘chalarning uzunligi 102,6 km.dan 203,0 km.gacha oshirish, yiliga tashiladigan yo‘lovchilar sonini 163,8 mlnga yetkazish belgilanmoqda.

Har ikkala shahar bosh rejasining birinchi navbati 2028 yil va yakuni 2040 yilga qadar amalga oshiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar