Apellyasiya kengashining tarkibi 2,5 yil muddatga tasdiqlanadi

Apellyasiya kengashining tarkibi 2,5 yil muddatga tasdiqlanadi

17 iyun kuni “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Apellyasiya kengashining tarkibi tegishli davlat organi rahbarining qarori bilan 2,5 yil muddatga tasdiqlanadi.

Apellyasiya kengashi 7 nafardan 11 nafargacha a’zolardan iborat tarkibda tuzilishi mumkin.

Apellyasiya kengashi unda ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan tavsiyaviy tusga ega bo‘lgan xulosa qabul qiladi.

Apellyasiya kengashi tomonidan qabul qilingan xulosa 3 kun muddatda davlat organi rahbariga ko‘rib chiqish uchun, boshqa manfaatdor taraflarga ma’lumot uchun yuboriladi.

Apellyasiya kengashining xulosasini qabul qilib olgan davlat organi rahbari yoki uning o‘rinbosari uni inobatga olishi yoki yozma asoslantirilgan tarzda rad etishi mumkin.

Bunda, davlat organi rahbari yoki uning o‘rinbosari qabul qilingan qaror to‘g‘risida 3 kun muddatda Apellyasiya kengashi va taraflarni yozma yoki elektron tarzda xabardor qiladi.

Qaror bilan Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyasiya kengashi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar