«AsiaMoney» jurnali O‘zbekistonning eng yaxshi bankini aniqladi

«AsiaMoney» jurnali O‘zbekistonning eng yaxshi bankini aniqladi

«AsiaMoney» jurnali tomonidan o‘tkazilgan «2020 yilning eng yaxshi banki» (Best bank awards 2020) tanlovida “O‘zsanoatqurilishbank” “Eng yaxshi mahalliy bank” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Nashr ekspertlari bankni mamlakatdagi eng yirik kredit muassasa sifatida qayd etib, so‘nggi 12 oydagi faoliyatini tahlil qilgan. Aktivlarning 1 fevral holatiga ko‘ra, 15,4 foizga o‘sib, 35,4 trillion so‘mni tashkil qilganini qayd etadi.

«O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish imkoniyatlari juda keng. Ammo, “O‘zsanoatqurilishbank” kabi kredit tashkilotlari ko‘magi bilan ushbu jarayonlar yanada jadallashishi shubhasiz», deyiladi «AsiaMoney» xabarida.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar