“E-IJRO AUKSION” tizimida 1 sentyabrdan yangi tartiblar joriy qilinadi.
Barcha auksion savdolari natijalari 2020 yil 1 sentyabrdan QR-kodni qo‘llash orqali rasmiylashtiriladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabarida qayd etilishicha, “E-IJRO AUKSION” tizimida quyidagi tartiblar joriy qilinadi.
– auksionda shaxsni identifikatsiyalash imkonini beruvchi mobil ilovalar orqali ishtirok etiladi;
– davlat mulkini ijaraga berish shartnomalari elektron shaklda ikki tomonlama tuzish orqali rasmiylashtiriladi;
– savdolarda mavjud lotlar haqida batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi doimiy yangilanib turadigan va Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan elektron katalog yaratiladi.
Izoh qoldirish