Avtoraqamlarning onlayn sotuvlari keskin oshib ketdi

Avtoraqamlarning onlayn sotuvlari keskin oshib ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 iyundagi 350-son qarori qabul qilinishi bilan O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining Avtoraqam savdo tizimida avtoraqamlarning onlayn sotuvlarini keskin o‘sishi kuzatilmoqda.

Xususan, joriy yilning 8-21 iyun kunlarida avtoraqam.uzex.uz vebsaytida jami 12,9 mlrd so‘mlik 4,3 mingta avtoraqamlar sotildi va bu yuqoridagi qaror qabul qilinishidan avvalgi mos davrga nisbatan 43% ga ko‘pdir. Bu haqda "O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati xabar qildi.

"Bunda, sotilgan avtoraqamlarning soni bo‘yicha o‘sish 2,5 barobarni, xaridorlarining soni bo‘yicha – 3,3 marotabani tashkil qildi. O‘tkazilgan auksionlar mobaynida bitta lotga o‘rtacha 41 ta takliflar kelib tushdi, o‘sish – 23,4% ni tashkil qildi", deyiladi xabarda.

Avtoraqamlar bo‘yicha savdolarning faollashuvi birjaning onlayn-auksioni orqali sotiladigan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari (RO‘DRB) toifalarining kengayishi, shuningdek, ba’zilarining boshlang‘ich narxlarining pasayishi bilan bog‘liqdir.

Xususan, Toshkentda harflar kombinatsiyasi bir xil bo‘lgan avtoraqamlarning boshlang‘ich qiymati 50 BHMdan (bazaviy hisoblash miqdori) 40 BHMgacha, va mos ravishda har xil kombinatsiyali avtoraqamalarning narxi 40 BHMdan 30 BHMgacha pasaytirilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar