Ayrim qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Ayrim qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, quyidagi xarajatlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensatsiya qilinadi:

  • eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yo‘l transportida eksportga tashish, shuningdek, garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda sug‘urta mukofotini to‘lash;
  • meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning qishloq xo‘jaligi birlashmalari a’zolarini yangi texnologiyalarga o‘rgatish;
  • agrotexnik tadbirlar monitoringi va marketing tadqiqotlarini o‘tkazish;
  • vakolatli organlarning mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur bo‘lgan ruxsatnoma va sertifikatlarini rasmiylashtirish.

Shuningdek, qaror bilan Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotni eksport qilishda tashish xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 660-son qarori o‘z kuchini yo‘qotdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar