Aziza Shonazarova Toshkent davlat sharqshunoslik instituti faxriy professori bo‘ldi

Aziza Shonazarova Toshkent davlat sharqshunoslik instituti faxriy professori bo‘ldi

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida o‘zbeklar orasida birinchi bor AQShdagi Kolumbiya universiteti professori bo‘lgan yosh olima Aziza Shonazarova bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Aziza Shonazarovaga Toshkent davlat sharqshunoslik instituti faxriy professori unvoni berildi.

Shuningdek olimaning tajribasidan foydalanish hamda talabalarda ilm-fanga rag‘batini oshirish maqsadida Aziza Shonazarova institut kafedra mudiri etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonliklar orasida ilk bor Aziza Shanazarova Kolumbiya universitetining tenure track pozitsiyasi, ya’ni umrbod professorlik lavozimiga qabul qilingan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar