Banklar amalga oshiradigan operatsiyalar ro‘yxati kengaydi

Banklar amalga oshiradigan operatsiyalar ro‘yxati kengaydi

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, banklar amalga oshiradigan operatsiyalar ro‘yxati bir qator yangi bank operatsiyalari bilan to‘ldirildi.

Xususan, qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish, elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va to‘lash kabi operatsiyalar shular jumlasidandir.

Qonun bilan, shuningdek, kreditorlar va omonatchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida banklar uchun taqiqlangan yoki cheklangan faoliyatga oid normalar belgilandi.

Qonunga ko‘ra, bank ustav kapitalining eng kam miqdori yuz milliard so‘mni tashkil etishi lozim.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar