Barcha hududlarda raqamli bilimlarga o‘qitish markazlari ochiladi

Barcha hududlarda raqamli bilimlarga o‘qitish markazlari ochiladi

“Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni yanada rivojlantirishning qo‘shimcha vazifalari belgilandi.

Unga ko‘ra, 2023 yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2 baravarga ko‘paytiriladi.

2020-2021 yillarda barcha sog‘liqni saqlash muassasalari, maktablar va bog‘chalarni, shuningdek, qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulashni ko‘zda tutgan holda mamlakatning raqamli infratuzilmasini to‘liq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyati ta’minlanadi.

2022 yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60 foizgacha yetkazishni nazarda tutgan holda elektron hukumat tizimi rivojlantiriladi.

“Raqamli tadbirkorlik” rivojlantiriladi, 2023 yilga kelib ushbu sohadagi xizmatlar hajmi 3 baravarga oshiriladi va ularning eksporti 100 million dollarga yetkaziladi.

“Besh tashabbus” loyihasini amalga oshirish doirasida 2022 yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga o‘qitish markazlari ochiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar