Berlinda O‘zbekistonning JST va YeOIIga integratsiyasi hamda YeI bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Berlinda O‘zbekistonning JST va YeOIIga integratsiyasi hamda YeI bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 24-26 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi direktorining o‘rinbosari U.Abidxadjayev ishtirokidagi O‘zbekiston Respublikasining hukumat delegatsiyasi Berlin shahri (Germaniya)da tashrifi davom etmoqda.

Tashrifdan maqsad – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomaning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, O‘zbekiston-Germaniya hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlari, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, mintaqaviy va global savdo-iqtisodiy tuzilmalar bilan hamkorlik qilishning dolzarb masalalarini muhokama qilish.

Tashrif chog‘ida O‘zbekiston-Germaniya hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlari, xususan, mintaqaviy va global savdo-iqtisodiy tuzilmalar bilan hamkorlik qilish borasida ham fikr almashildi. Xususan, Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Eduard Kinsbruner bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

E. Kinsbrunerning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyaning ishbilarmon doiralari O‘zbekistonda valyuta bozori liberallashtirilishi, xususiy mulk himoyasi, raqobat muhitini shakllanayotganligi, davlatning iqtisodiyotdagi rolining kamayishi, davlat va xususiy sheriklikning rivojlanayotganligi, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlarini ma’qullashdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan ishlash xizmati

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar