CNN: “O‘zbekiston nega 2020 yilda eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb e’tirof etilmoqda?“

CNN: “O‘zbekiston nega 2020 yilda eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb e’tirof etilmoqda?“

CNN saytida “Nega O‘zbekiston 2020 yilda eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb e’tirof etilmoqda?“ sarlavhali maqola e’lon qilindi.

O‘zbekistonda turizm salohiyatini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va chora-tadbirlar yuzasidan maqolada batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

“Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatni sayohatchilar uchun turistik maskanga aylantirish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 90 ga yaqin davlat fuqarolari uchun mamlakatga kirishda 30 kunlik vizasiz tizimni, 77 davlat fuqarolari uchun elektron viza tizimining joriy etilishi ushbu mamlakatga keluvchi sayyohlar oqimining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Sayyohlikka oid nashrlarning eng yetakchisi “Lonely Planet” O‘zbekistonni “2020 yilda sayohatga munosib mamlakat“ deb, “The Economist” nashri esa “Yil mamlakati“ deb e’tirof etdi“, deyiladi maqolada.

Shuningdek, mamlakatning ming yillar davomida saqlanib kelayotgan qadim tarixi, shaharlari va xilma-xil mazali milliy taomlari O‘zbekistonning turistik jozibadorligining asosiy omili hisoblanishi alohida qayd etilgan.

Xususan, AQSh Tijorat vazirligining ma’lumotiga asosan O‘zbekistonga keluvchi sayyohlar oqimi oshib borayotganligi, 2014 yilda respublikamizga keluvchilar soni 1,9 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda ushbu ko‘rsatkich 5,4 millionga yetganini e’tirof etdi..

"So‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning o‘zgacha qiyofasi namoyon bo‘lmoqda. Mamlakatning zamonaviy turistik qiyofasi keng ommaga yetkazilishida sayyohlik blogerlari xizmati e’tirofga loyiqdir", deyiladi maqolada.

Manba: O‘zA
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar