Coca-Cola O‘zbekistonga investitsiya kiritmoqchi

Coca-Cola O‘zbekistonga investitsiya kiritmoqchi

Coca-Cola kompaniyasi 2019 yilda jahonning yetakchi xorijiy tadqiqotchi kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning salqin ichimliklar bozorida o‘rganishlar olib bordi. Unga ko‘ra, kelgusi 10 yillikda aholi sonining o‘sishi, daromadlarning oshishi hamda hududlarning turistik salohiyati kengayib borishi hisobiga salqin ichimliklar sotish bozori hajmi 1,8 barobarga ko‘payishi kutilmoqda. Bu haqda "O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Coca-Cola kompaniyasi 2020—2021 yillarda O‘zbekistonga 31 million dollar miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirgan. Kiritiladigan investitsiyalar Xorazm viloyati va Toshkent shahridagi zavodlar modernizatsiyasi, mavjud quvvatlarni ko‘paytirish uchun sarflanadi.

Mazkur loyihalar hududlarda aholi bandligi darajasini oshirishga, ishlab chiqarilayotgan keng turdagi mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha logistika xarajatlarini iqtisod qilishga, respublikaning janubiy va g‘arbiy hududlari aholisini salqin ichimliklar bilan yanada kengroq ta’minlashga, ishlab chiqarish zavodlari joylashgan hududlarda soliq tushumlarining ko‘payishiga imkon yaratadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar