Covid-19 koronavirus infeksiyasidan yana bir bemor vafot etdi

Covid-19 koronavirus infeksiyasidan yana bir bemor vafot etdi

Shu yilning 7 aprel kuni 77 yoshli (ayol) A. surunkali bronxit, o‘ng o‘pka atelektazi, gipertoniya kasalligi bilan karantinga olingan edi. Zudlik bilan o‘tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda “Covid-19” koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.

Shundan so‘ng unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga o‘tkazilgan.

Biroq virusolog, pulmonolog, terapevt, kardiolog, reanimatologlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor bugun ushbu infeksiya asoratlari: ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishidan vafot etdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar