“Daryo porti” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida 751 tonna kartoshka mahsulotlari rasmiylashtirildi

“Daryo porti” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida 751 tonna kartoshka mahsulotlari rasmiylashtirildi

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida “Daryo porti” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida 751 tonna kartoshka, 112 tonna guruch, 10 tonna sarimsoqpiyoz mahsulotlari qisqa muddatlarda “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilib, ichki bozorlarga tarqatildi.

Bundan tashqari, mavjud vaziyatni inobatga olgan holda yana 20 turdagi tovarlar (13 turdagi oziq-ovqat, 7 turdagi gigiyena mahsulotlari) importiga 2020 yilning so‘ngiga qadar bojxona boji va aksiz solig‘idan imtiyozlar joriy etildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar