Dehqon bozorlarda "Oziq-ovqat yarmarkalari" ochiladi

Dehqon bozorlarda

“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan yurtimiz dehqon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlar narxining barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida 15-25 mart kunlari yarmarkalar tashkil etiladi. Bu haqda "O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi axborot xizmati xabar qildi.

Xususan, Toshkent shahridagi iste’mol bozorlarida “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tizimidagi korxonalar tomonidan oziq – ovqat mahsulotlari savdosi tashkil etiladi.

Qo‘yliq (Bektemir tumani), Sirg‘ali (Sirg‘ali tumani), Aviasozlar (Yashnobod tumani), Qora-Qamish (Olmazor tumani), Navro‘z (Mirzo Ulug‘bek tumani), Yunusobod (Yunusobod tumani), Beshyog‘och bozori Qozrabot filiali (Chilonzor tumani), Askiya (Yakkasaroy tumani), Farhod (Uchtepa tumani), Eski jo‘va (Shayxontohur tumani), Mirobod ( Mirobod tumani), Oloy (Yunusobod tumani) bozorlaridagi ushbu yarmarkalarda xaridorlarga sifatli va iste’mol uchun xavfsiz bo‘lgan go‘sht, sut, qandolat mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, salqin ichimliklar barqaror narxda taqdim etiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar