«E-CARD» elektron pullar tizimi reyestriga kiritildi

«E-CARD» elektron pullar tizimi reyestriga kiritildi

“O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari” talablariga muvofiq, to‘lov tashkiloti litsenziyasiga ega bo‘lgan «Inspired» MChJ «E-CARD» elektron pullar tizimining operatori sifatida o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur elektron pullar tizimining emitenti - «Universalbank» xususiy aksiyadorlik tijorat banki hisoblanadi.

Elektron pullar tizimi to‘g‘risidagi ma’lumot joriy yilning 21 avgust kuni Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar