Eksport yuklarini va ularni tashishlarni sug‘urta qilish tartibi belgilandi

Eksport yuklarini va ularni tashishlarni sug‘urta qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan 12 avgust kuni “Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq faoliyatni sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, eksport yuklarini va ularni tashishlarni sug‘urta qilish tijorat tashkilotlari bo‘lgan va tegishli turdagi sug‘urtalashni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Sug‘urta qildiruvchi kim ekanligidan (eksport qiluvchi yoki moliyalovchi) kelib chiqib sug‘urta shartnomasining bir necha turi farqlanadi.

Sug‘urta shartnomalarini tuzishda quyidagilar taqiqlanadi:

  • siyosiy tavakkalchiliklar bo‘yicha shartsiz franshiza (zararning sug‘urta bilan qoplanmaydigan qismi) o‘rnatilishi; • tijorat tavakkalchiliklari bo‘yicha shartsiz franshiza miqdori – sug‘urta pulining 50 foizidan ortiq bo‘lishi; • logistika tavakkalchiliklari bo‘yicha shartsiz franshiza miqdori – sug‘urta pulining 5 foizidan ortiq bo‘lishi; • siyosiy tavakkalchiliklar bo‘yicha kutish davri – 180 kalendar kundan ortiq bo‘lishi; • tijorat tavakkalchiliklari bo‘yicha kutish davri – 90 kalendar kundan ortiq bo‘lishi; • logistika tavakkalchiliklari bo‘yicha kutish davri – 30 kalendar kundan ortiq bo‘lishi.

Sug‘urta qildiruvchi arizalar va hujjatlarni sug‘urtalovchiga bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda taqdim etishlari mumkin.

Sug‘urtalovchi sug‘urta qildiruvchi tomonidan zarur hujjatlar taqdim etilgandan boshlab 24 soat ichida tegishli sug‘urta shartnomasini tayyorlaydi va uning imzolanishini ta’minlaydi.

Sug‘urta tovoni sug‘urta hodisasi va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab 15 kalendar kunidan kechiktirmasdan to‘lanishi shart.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar