Elektron tanlov va tender bo‘yicha 6,6 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi

Elektron tanlov va tender bo‘yicha 6,6 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining elektron tanlov va tenderlar etender.uzex.uz vebsaytida, mazkur savdo tizimi ishga tushirilganidan buyon 6,6 mlrd so‘mlik 38 ta bitimlar tuzildi. O‘tkazilgan elektron tanlov va tenderlarda 58 ta davlat buyurtmachilari va 85 ta ishtirokchilar, ya’ni tovar yetkazib beruvchilar ishtirok etishgan. Bu haqda Tovar xom-ashyo birjasi matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat xaridlari bo‘yicha tanlov va tenderlarning elektron shaklda o‘tkazilishi natijasida buyurtmachilar tomonidan 488,1 mln so‘mlik mablag‘lar iqtisod qilindi.

Elektron tanlov va tender bo‘yicha eng yirik bitimlar Namangan viloyati (37%) va Toshkent shahri (30%) da tuzildi. Keyingi o‘rinlarda turgan Buxoro va Sirdaryo viloyatlarining ulushlari mos tarzda 19% va 8% ni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, davlat xaridlari bo‘yicha elektron tanlov va tenderining etender.uzex.uz savdo tizimi tanlov va tenderlarning shaffofligi va samaradorligini oshirish maqsadida davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalining operatori – O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan joriy yilning may oyida ishga tushirilgan.

Tovar yetkazib beruvchilar elektron tanlov va tenderlarda ishtirok etishlari uchun etender.uzex.uz vebsaytda onlayn-ro‘yxatdan o‘tish va avans to‘lovlarini kiritishlari lozim.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar