Elektrotexnika mahsulotlarining eksporti hajmi oshiriladi

Elektrotexnika mahsulotlarining eksporti hajmi oshiriladi
Hukumat qarori bilan 2019 – 2022 yillarda elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish dasturi tasdiqlandi, deb xabar bermoqda, Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali. Mazkur Dasturda elektron texnika mahsulotlari va maishiy elektromahsulotlar ishlab chiqarish hajmini, eksport hajmini hamda elektrotexnika sanoatida mis xomashyosini qayta ishlash hajmlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Shuningdek, qaror bilan ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishni 2,7 baravarga, eksportini 4,3 baravarga va misni qayta ishlashni 5 baravarga ko‘paytirishni ko‘zda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar