Engil sanoat korxonalariga imtiyoz va preferensiyalar

Engil sanoat korxonalariga imtiyoz va preferensiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida yengil sanoat korxonalariga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etildi.

2023 yil 1 yanvarga qadar hisobot davri natijalari bo‘yicha yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam bo‘lmagan eksport ulushiga ega bo‘lgan korxonalar mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi. Imtiyoz 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi;

to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari korxonalarining foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazasi 7 yil davomida teng ulushlarda zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlarini qurish bo‘yicha xarajatlar summasiga kamaytiriladi. Imtiyoz to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari uchun 2020 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi;

chorva mollarini so‘yish bo‘yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualarni ishga tushirayotgan tashkilotlar va terini qayta ishlovchi korxonalar 2023 yil 1 yanvarga qadar yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi. Imtiyoz 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi;

2020 yilning 1 yanvaridan boshlab “O‘zto‘qimachiliksanoat” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalarining xorijiy konsultantlari, shuningdek, to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalari korxonalarida mehnat faoliyatini yuritayotgan xorijiy mutaxassislar O‘zbekistondagi daromad manbalari bo‘yicha JShDSni uning belgilangan stavkasidan 50% miqdorida to‘laydilar.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar