Facebook talabalar uchun qulay bo‘lgan yangi ijtimoiy tarmoqni yo‘lga qo‘ydi

Facebook talabalar uchun qulay bo‘lgan yangi ijtimoiy tarmoqni yo‘lga qo‘ydi

Facebook kompaniyasi talabalar uchun yangi ijtimoiy tarmoqni ishga tushirdi.

Facebook Campus platformasi masofaviy o‘qitish paytida yangi tanishlar orttirishga yordam beradi. Shuningdek, bu pandemiya sababli talabalar universitet va kollejlarga bormayotgan paytda, sinfdoshlar o‘rtasidagi aloqani osonlashtiradi, ayniqsa, masofaviy o‘qishda.

Sinfdoshlar bilan muloqot qilish, guruhlarga qo‘shilish, yangiliklarni kuzatib borish, ta’lim muassasangiz ma’muriyatidan xabar olish va boshqa ko‘p narsalar mumkin bo‘ladi.

"Biz sinfdoshlarimizning bir-birlari bilan uchrashishi, yangi munosabatlar o‘rnatishi va suhbatni boshlashini osonlashtiradigan mahsulot yaratmoqchi edik. COVID-19 tufayli Campus har qachongidan ham dolzarbroq deb o‘ylaymiz", deydi Facebook Campus menejeri Charmeyn Hung.

Profil yaratish uchun sizga maktabingizning elektron pochta manzili va bitiruv yili kerak bo‘ladi. Ayni paytda Facebook'ning Campus'i AQShning 30 ta kollej va universitetlarida mavjud, ammo kompaniya vaqt o‘tishi bilan kengayishni rejalashtirmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar