Farg‘ona vodiysi viloyatlarini bog‘lovchi elektropoyezd yo‘lga qo‘yiladi

Farg‘ona vodiysi viloyatlarini bog‘lovchi elektropoyezd yo‘lga qo‘yiladi

Farg‘ona vodiysi bo‘ylab uzunligi 331 km bo‘lgan halqa elektropoyezdlar harakati qo‘yiladi. U Farg‘ona vodiysi viloyatlarini bir-biri bilan bog‘laydi.

Qo‘qon-Marg‘ilon-Andijon stansiyalari oralig‘i elektrlashtirib bo‘lingan. Ayni paytda Qo‘qon-Namangan-Andijon stansiyalari elektrlashtirilmoqda. Bu ishlar ham yaqin ikki oyda yakunlanadi.

Elektrpoyezdlarning birinchi qatnovi shu yilning sentyabr oyida yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Yo‘lkira narxi esa 5 ming so‘mdan 45 ming so‘mgacha bo‘ladi.

Poyezdlar konditsionerlar, USB-kabellar, Wi-Fi, bufet, moto-velosipedlar uchun maxsus joylar, biohojatxona kabilar bilan ta’minlanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar