Fermer xo‘jaliklari ixtiyoriy birlashib, paxta xomashyosini yetishtiradi

Fermer xo‘jaliklari ixtiyoriy birlashib, paxta xomashyosini yetishtiradi

“Paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, kooperatsiyalarni tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda paxta tozalash korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatida foydalanilmayotgan bo‘sh yer maydonlarini mahalliy davlat hokimiyati organlarining zaxirasiga o‘tkazilishini ta’minlaydi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimlari kooperatsiyalar va paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini urug‘lik, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash mahsulotlari hamda boshqa moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
  • Kooperatsiyalar paxtani qabul qilib olish, saralash, saqlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotni eksport qilish bo‘yicha samarali ish yuritish tizimini joriy qiladi.

Tegishli Hukumat qarorlarida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga belgilangan imtiyozlar kooperatsiyalar uchun ham tatbiq etiladi.

Kooperatsiyalarga paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkil etilmagan hududlardagi paxta tozalash korxonalari ixtiyoriy ravishda a’zo bo‘ladi.

Kooperatsiyalar a’zolari tomonidan yetishtirilgan paxtani paxta tozalash korxonalari tomonidan qabul qilish, saqlash va qayta ishlash xizmati (tegirmon usulida) ko‘rsatiladi.

Qaror bilan shuningdek, Fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy birlashishi asosida paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar