Fransiyada bo‘lib qaytgan ayolning yaqinlarida koronavirus aniqlandi

Fransiyada bo‘lib qaytgan ayolning yaqinlarida koronavirus aniqlandi

Bundan bir muddat oldin Fransiyada bo‘lib qaytgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida xabar bergan edik. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, uning onasi, kelini va birga ishlaydigan hamkasbida ham ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan.

Har uch fuqaro ham shu vaqtgacha tibbiy nazoratda bo‘lgan. Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 18 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar