Germaniya O‘zbekistonning YeOIIga integratsiya jarayonida ishtirok etishini ijobiy baholadi

Germaniya O‘zbekistonning YeOIIga integratsiya jarayonida ishtirok etishini ijobiy baholadi

O‘zbekistonning YeOIIga integratsiya jarayonida ishtirok etishi Germaniya tomonidan ijobiy baholandi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi direktorining o‘rinbosari U.Abidxadjayev ishtirokidagi O‘zbekiston Respublikasining hukumat delegatsiyasi Berlin shahri (Germaniya)da tashrifi doirasida Germaniya iqtisodining Markaziy Osiyo qo‘mitasi direktori E.Kinsbruner hamda Fridrix Ebert fondi dasturi boshlig‘i M.Yobelius hamda Tashqi savdoni qo‘llab-quvvatlash M.Shumannlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum bo‘ldi.

Ishtirokchilar O‘zbekiston va YeOII hamkorligiga katta e’tibor berib, ushbu iqtisodiy ittifoq bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish O‘zbekiston iqtisodining barqaror o‘sishi, energetik xavfsizlik, aholi farovonligi va transport-tranzit potensiali nuqtai nazaridan - ob’yektiv jarayon ekanligini aytib o‘tishdi.

Shu bilan birga Uchrashuvda har qanday davlatning integratsion jarayonlarda ishtirok etishi – bosqichma-bosqich bo‘lishi kerakligi alohida qayd etildi va O‘zbekistonning YeOIIda kuzatuvchi maqomida ishtirok etayotganini olqishlandi.

Germaniya siyosatini shakllantiruvchi guruhlari fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning yangi hududiy siyosati, qarama-qarshiliklar tobora ortib borayotgan dunyoning boshqa davlatlari uchun “mayoq” va “juda yaxshi misol” bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Germaniya tomoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilayotgan siyosat ko‘p qirrali ijobiy natijalar keltirayotganini qayd etdi. Bu borada Afg‘onistonni iqtisodiy hamkorlikka chorlash yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar alohida olqishlandi. Berlin ushbu yo‘nalishda O‘zbekistog fikrini to‘liq qo‘llab-quvvatlashi, Afg‘onistonda tinchlik – hududning transport salohiyatini oshirishi, iqtisodiy hamkorlik va savdo-sotiqni yangi darajaga ko‘tarishi qayd etildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar