Hindiston va O‘zbekiston COVID-19 pandemiyasiga qarshi hamkorlik qilmoqda

Hindiston va O‘zbekiston COVID-19 pandemiyasiga qarshi hamkorlik qilmoqda

Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida COVID-19 pandemiyasiga qarshi olib borilayotgan hamkorlik doirasida Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Santosh Ja ushbu mamlakatdan olib kelingan dori-darmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillariga topshirdi. Bu haqda Hindistonning Toshkentdagi elchixonasi xabar qildi.

Dori-darmonlar to‘plamiga O‘zbekiston hukumati so‘ragan gidroksiklorokin tabletkalari kiritilgan. Hindiston, shuningdek, ushbu mamlakatdan olib chiqilayotgan vositalarning qat’iy nazorat ostida ekaniga qaramay, katta miqdordagi gidroksixloroxin tabletkalarini O‘zbekistonga tijorat asosida eksport qildi.

Hindiston paratsetamollarni olib kirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi va O‘zbekistonga ushbu zarur dori-darmon yetkazib berilishini to‘xtovsiz davom ettirilishini ta’minlamoqda.

Bundan avvalroq ikki davlat tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti chog‘ida Hindiston tomoni O‘zbekistonga COVID-19ga qarshi kurashishda hamkorlikni faollashtirishga tayyor ekanini bildirgan edi.

Shuningdek, Hindiston so‘nggi ikki oy ichida e-ITEC dasturi bo‘yicha O‘zbekiston tibbiyotchilari uchun uchta onlayn-trening va malaka oshirish kurslarini taklif qilgan.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. 1 milliard dollargacha bo‘lgan kredit liniyasidan tashqari, qator infratuzilma va kommunikatsiya loyihalari istiqbollari ko‘rib chiqilmoqda. Yaqinda Hindiston O‘zbekistonga grant asosida 30 million dollargacha bo‘lgan loyihalarni amalga oshirishni taklif qildi. Ular O‘zbekiston aholisining sog‘liqni saqlash, ta’lim, fuqarolar, ayniqsa, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, ichimlik suvi, kichik yo‘llar qurish va boshqa ko‘plab sohalardagi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan.

O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ushbu loyihalarni amalga oshirishda asosiy muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar