Hukumat qarori bilan Qarshi tumanida ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlanadi

Hukumat qarori bilan Qarshi tumanida ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlanadi

“2020-2022 yillarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2020-2022 yillarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Tarbirkorlarni faol jalb qilish orqali sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlarini jadal rivojlantirish Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Dasturda umumiy qiymati 3 trln 589 mlrd 598 mln so‘mni tashkil etuvchi jami 360 ta loyihaning amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, 2020 yilda moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalardagi jami 5 068 nafar ishsiz oila a’zolarining bandligi ta’minlanishi belgilangan.

Bundan tashqari, tumandagi har bir mahallada dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan aholi ro‘yxati shakllantiriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar