IFC Ipoteka-bankga 35 mln. AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutadagi zayom bermoqda

IFC Ipoteka-bankga 35 mln. AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutadagi zayom bermoqda

Jahon banki guruhining tarkibiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) Ipoteka-bankining xususiylashtirilishini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni kreditlash ko‘lamini kengaytirish uchun 35 mln. AQSh dollari ekvivalentida, milliy valyutadagi zayomni taqdim etadi. Shu bilan birga milliy valyutadagi moliyalashtirish, mamlakatdagi yetakchi davlat banklaridan birini raqobatdosh xususiy tijorat bankiga aylantirishda yordam beradi.

Ushbu sarmoya IFC’ning O‘zbekistondagi xususiylashtirish dasturini qo‘llab-quvvatlash va davlat banklari soni ko‘p bo‘lgan mamlakatning bank sektoriga xususiy investitsiyalarni jalb qilishdagi strategik ustuvor yo‘nalishlardan birini aks ettiradi. Kichik va o‘rta biznesni kreditlash hajmini oshirish bilan bir qatorda, Ipoteka bankining qayta tranformatsiyasi boshqa davlat banklarini xususiylashtirish uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi va xususiy investorlarning O‘zbekiston bank sektoriga faol jalb qilishda xizmat qiladi.

"O‘zbekiston va IFC o‘rtasidagi ushbu hamkorlik yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan bank tizimini isloh qilish strategiyasiga ham muvofiq. IFC tomonidan taqdim qilinayotgan moliyalashtirish, o‘tgan uch yil davomida Ipoteka-bank tomonidan olib borilgan, bank operatsiyalarini tijoratlashtirish va uni mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatadigan moliyaviy institutga aylantirishga qaratilgan choralarning muhim e’tirofidir", deydi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov.

Bank tizimini isloh qilish borasidagi sa’y-harakatlar doirasida, banklaridagi davlat ulushini investorlarga topshirish ko‘zda tutilgan. Xususiylashtirish xususiy kapital, xalqaro tajriba va zamonaviy texnologiyalarni jalb qiladi, natijada ushbu jarayon bank va uning mijozlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda davlat banklarining O‘zbekiston bank sektorida konsentratsiyasi yuqori. Mamlakatdagi 30 ta bankning beshtasi to‘liq davlatga tegishli, qolgan sakkizta bankda esa davlatning 50 foiz ulushi mavjud.

IFC'ning Yevropa, Markaziy Osiyo, Lotin Amerikasi va Karib havzasi bo‘yicha vitse-prezidenti Jorjina Beykerning ta’kidlashicha, "IFC'ning moliyalashtirishi hamda so‘nggi yillar mobaynida taqdim etilgan maslahat xizmatlari bilan bir qatorda, islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonning moliyaviy sektorda xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha harakatlarning bir qismidir. Investitsiyalar Ipoteka-bankga xususiy sektorni kapitalga jalb qilish va mamlakatdagi kichik va o‘rta biznesni kreditlashni kengaytirishga qaratilgan rejani samarali amalga oshirishda yordam beradi".

IFC Ipoteka-bank bilan 2017 yildan buyon bankning tijoraat faoliyatini, korporativ boshqaruvini va xavflarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish orqali institutsional transformatsiyasini maqsadida hamkorlik qilmoqda, bu esa ushbu investitsiyalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratdi.

Markaziy Osiyoda aholi zichligi eng yuqori bo‘lgan mamlakat misli ko‘rilmagan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda. IFC ushbu islohot jarayonini asosiy sohalarda investitsiya va maslahat xizmatlarini taqdim etish orqali qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Hozirgi vaqtda IFCning O‘zbekistondagi investitsiya portfeli 53 million dollarni tashkil etadi, hamda moliya va to‘qimachilik sohasidagi loyihalarni o‘z ichiga oladi. IFC'ning maslahat dasturlari davlat korxonalarini, shu jumladan ikkita davlat banklarini xususiylashtirishda; paxta sohasini isloh qilish; moliya bozorini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish; sog‘liqni saqlash va energetika sohalarida davlat va xususiy sheriklik aloqalarini amalga oshirishda yordam beradi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar