Ikkita ro‘yxatda bo‘lgan bolalarga moddiy yordam qanday to‘lanadi (video)

Ikkita ro‘yxatda bo‘lgan bolalarga moddiy yordam qanday to‘lanadi (video)

27 avgust kuni “O‘zbekiston 24” telekanalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini Moliya vaziri birinchi o‘rinbosari Dilshod Sultanov aniq misollar bilan izohlab berdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov:

Qarorda kimlar qanday davlat tomonidan ko‘rsatiladigan nafaqalar oladi? Moddiy yordamga yo‘naltiriladigan mablag‘lar qanday manbalardan shakllantiriladi? 500 ming so‘mni olishning aniq tartibini tushuntirib bering.

Moliya vaziri birinchi o‘rinbosari Dilshod Sultanov:

Bir oy oldin “Temir daftar”ga kirgan oila a’zolariga 220 ming so‘mdan to‘langan mablag‘, uch bosqichda bu bolalar orqali beriladigan mablag‘ bo‘ldi. Birinchisi, pensiya jamg‘armasida ro‘yxatda turgan, boquvchisini yo‘qotgan farzandlar. Ikkinchisi, pensiya jamg‘armasida ro‘yxatda turgan nogironligi bo‘lgan bollar. Bularning barchasi 16 yoshgacha bo‘lganlar.

Agar bir oilada ikki bola, ular otasini yo‘qotgan bo‘lsa, onasi boquvchisini yo‘qotganlik pensiyani olyapti. Otasi ishlagan, uning ish haqidan kelib chiqib hisoblagan bo‘lsa, har bir bolaga 350-400 ming so‘m atrofida olib kelyapti. 400 ming so‘m olib kelayotgan bo‘lsa, endi pensiya to‘lov paytida ularga bir martalik 500 ming so‘mdan har bir bolaga qo‘shib beriladi. Bu degani har bir bolaning har oyning 10 yoki 12 sanasida “Xalq banki” orqali naqd ko‘rinishida olib kelayotgan nafaqasiga qo‘shimcha, sentyabr oyida 500 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam qo‘shib beriladi. Ikkinchisi, nogiron bollar to‘g‘risida gapiradioilalarningan bo‘lsak, ularning ham pensiyasiga qo‘shib bir martalik 500 ming so‘mlik yordam to‘lab beriladi. Uchinchi toifa bu “Temir daftar”ga kirgan oilalar farzandlariga ham xuddi shu tarzda to‘lov qilinadi. Agarda “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandlari boquvchisini yo‘qotgan oilalarga kirsa, ularga bir joydan bir martalik 16 yoshgacha yordam puli to‘lov qilinadi. Ya’ni, ikkita ro‘yxatda bo‘lishi mumkin bo‘lgan oilalarning farzandlari, pensiya jamg‘armasi orqali bir martalik 500 ming so‘mlik moddiy yordamni oladi.

Qaror qabul qilindi. Mana 16 yoshgacha deyapmiz, boquvchisini yo‘qotgan yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar masalan, 16 yoshdan yuqori bo‘lsa, lekin o‘qiyotgan bo‘lsachi?

16 yoshga to‘lmaganga bir martalik to‘lov qilinadi. Agar bolalikdan nogiron bo‘lib, 16 yoshdan oshgan bo‘lsa ham bu o‘zining pensiyasi yoki nafaqasini olib kelaveradi.

Nafaqalar to‘lanishi davrida 16 yoshdan oshib ketishi mumkin. Shunday holatdachi?

Qabul qilingan sanada 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, pensiya jamg‘armasi orqali ro‘yxatga tushirtirilib, o‘sha ro‘yxat orqali to‘lab beriladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar