Import qilinadigan un va osh tuzi boyitilgan bo‘lishi kerak

Import qilinadigan un va osh tuzi boyitilgan bo‘lishi kerak

Talab 2020 yil 1 apreldan amal qilishni boshlaydi. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 noyabrdagi 260-son qaroriga tegishli qo‘shimcha kiritildi (25.12.2019 yildagi 1035-son VMQga qarang).

Ko‘rsatilgan sanadan boshlab O‘zbekistonga I nav bug‘doy uni va osh tuzini faqat mikronutriyentlar bilan boyitilgan holda import qilish mumkin bo‘ladi.

Hozirgi kunda mikronutriyentlar bilan boyitilgan bug‘doy unining darajasi ishlab chiqariladigan va import qilinadigan barcha navdagi unning 30%ini tashkil qilayotganligi shunday qaror qabul qilinishini taqozo etdi. Mikronutriyentlar bilan boyitilgan unni aholining 56%i iste’mol qiladi, temir yetishmasligi anemiyasi profilaktikasini ta’minlash uchun aholining 90%ini qamrab olish darkor.

Eslatib o‘tamiz, 2011 yil 1 yanvardan boshlab mamlakat ichida I nav bug‘doy uni va osh tuzi faqat mikronutriyentlar bilan boyitilgan holda ishlab chiqariladi va sotiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar