Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining xarajatlari qayerga va qanday sarf qilinyapti?

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining xarajatlari qayerga va qanday sarf qilinyapti?

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining jami daromadlar hajmi 7,44 trln so‘m. Shundan 7,32 trln so‘m Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari bo‘lsa, 123,5 mlrd so‘m Davlat byudjeti hisobidan ajratilgan.

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining jami xarajatlari 3 306 mlrd so‘m. Ushbu mablag‘lardan Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga 573 mlrd so‘m ajratilgan:

  • 270 mlrd so‘m test sistemalar, reaktivlar va himoya vositalarini sotib olish uchun;
  • 11 mlrd so‘m maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish uchun;
  • 3 mlrd so‘m karantinga olingan fuqarolarni dori-darmon bilan ta’minlash uchun;
  • 12 mlrd so‘m karantin tadbirlariga jalb etilgan, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolayotgan tibbiyot va boshqa xodimlarga maxsus qo‘shimcha ustama va rag‘batlantirish to‘lovlari uchun yo‘naltirilgan.

Shuningdek, 277 mlrd so‘m hududiy markazlarga:

  • 250 mlrd so‘m fuqarolarni karantinda saqlayotgan muassasalar xodimlarining ish haqi, oziq-ovqat, gigiyena tovarlari va boshqa xarajatlarga, shu jumladan, 129 mlrd so‘m hududlardan ushbu tadbirlarga jalb etilgan tibbiyot xodimlarining maxsus qo‘shimcha ustama va rag‘batlantirish to‘lovlari uchun;
  • 18 mlrd so‘m jamoat joylarining dezinfeksiya qilish xarajatlari uchun;
  • 9 mlrd so‘m epidemik holat bilan kurashish bo‘yicha va boshqa tadbirlar uchun yo‘naltirilgan.

Ijtimoiy sohaga 294 mlrd so‘m ajratilgan. Ulardan:

  • 60 mlrd so‘m Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga kam ta’minlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun;
  • 70 mlrd so‘m ijtimoiy nafaqalar uchun;
  • 100 mlrd so‘m Jamoat ishlari jamg‘armasiga band bo‘lmagan fuqarolarni vaqtinchalik ishlarga jalb qilish uchun;
  • 50 mlrd so‘m Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga ishsiz, kam ta’minlangan oilalarga shaxsiy tomorqalarini rivojlantirish uchun;
  • 11 mlrd so‘m “Toshkent metropoliteni“ va “Toshshahartransxizmat“ xodimlariga ish haqi va to‘lovlar uchun;
  • 2 mlrd so‘m “O‘zavtotransserviz“ va “Toshshahartransxizmat“ transport xarajatlarini qoplash uchun;
  • 1 mlrd so‘m Mudofaa vazirligiga gumanitar yordam bilan bog‘liq xarajatlar olib kelish uchun yo‘naltirilgan.

Iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga 1,4 trln so‘m ajratilgan bo‘lib, ular quyidagicha yo‘naltirilgan:

  • 500 mlrd so‘m “Issiqlik elektr stansiyalari“ AJ korxonalariga subsidiya mablag‘lari;
  • 401 mlrd so‘m “O‘zbekneftgaz“ AJga subsidiya mablag‘lari;
  • 101 mlrd so‘m “Uzbekistan Airports” AJga ssuda;
  • 406 mlrd so‘m “Uzbekistan Airways” AJga ssuda;
  • 40 mlrd so‘m “Birinchi rezinotexnika zavodi“ MChJning birinchi darajali xarajatlarning amalga oshirish uchun ssuda.

Shifoxonalar va karantin majmualarini qurish va jihozlashga 487 mlrd so‘m yo‘naltirilgan. Ular:

  • 286 mlrd so‘m 10 000 o‘rinli maxsus shifoxonalar qurish uchun;
  • 182 mlrd so‘m 20 000 o‘rinli aholini vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasini qurish uchun;
  • 10 mlrd so‘m diagnostika laboratoriyasi majmuasini rekonstruksiya qilish uchun;
  • 9 mlrd so‘m tibbiy jihoz va inventarlar, dori-darmon, dezinfeksiya ishlari va tibbiy buyumlar uchun.

Suv ta’minoti va irrigatsiya tadbirlari bilan bog‘liq xarajatlar uchun 504 mlrd yo‘naltirilgan. Ular:

  • 246 mlrd so‘m irrigatsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiyasi uchun;
  • 61 mlrd so‘m “Hududiy suv ta’minoti“ MChJga ssuda mablag‘lari;
  • 57 mlrd so‘m Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi “Inshoot“ qurilishi ob’yektiga;
  • 53 mlrd so‘m Davlat ekologiya qo‘mitasiga ssuda mablag‘lari;
  • 39 mlrd so‘m Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv chiqarish tizimlarini qurilishiga;
  • 14 mlrd so‘m Suv xo‘jaligi vazirligiga – Jizzax viloyatidagi irrigatsiya tadbirlari uchun;
  • 10 mlrd so‘m Orolni qutqarish jamg‘armasiga irrigatsiya tadbirlari uchun;
  • 16 mlrd so‘m 20 000 o‘rinli aholini vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasi suv ta’minoti uchun;
  • 8 mlrd so‘m 10 000 o‘rinli maxsus shifoxonalar suv ta’minoti uchun.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar