Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorlikda trening o‘tkazdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorlikda trening o‘tkazdi

2020 yil 13-14-fevral kunlari BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan “Milliy dastur va huquqiy hujjatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish usullari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, BMT Taraqqiyot Dasturi, Buyuk Britaniya elchixonasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mas’ul xodimlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Treningda vazirlik va idoralar mutaxassislarining malakasini oshirilmoqda

Seminar-treningning maqsadi vazirlik va idoralar mutaxassislarining milliy dasturlarni amalga oshirishda muvaffaqiyat ko‘rsatkichlari ishlab chiqish usullarini qo‘llash va qonun hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha malakasini oshirishdan iborat.

Buning uchun tajribali xalqaro ekspertlar murabbiy sifatida jalb etildi.

Ushbu anjuman norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, xorijiy davlatlarning ishlab chiqish, qabul qilish bo‘yicha tajribasini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan bir qator tadbirlarning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Mazkur tadbir mavzusining ahamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida belgilangan vazifalar bilan chambarchas bog‘liq.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning asosiy vazifalaridan biri sifatida qabul qilinayotgan qonunlarning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish belgilangan.

Birinchi kunda namunaviy xatolar va ularni bartaraf etish usullari muhokama qilindi

Seminar-treningning birinchi kunida davlat sektorida natijalarni strategik rejalashtirish va boshqarish, tarmoqlar/hududlarni rivojlantirish dasturlari ko‘rsatkichlarini shakllantirish, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi tartibga solish ta’sirini baholashni qo‘llash bo‘yicha tajribalar, shuningdek, tartibga solish ta’sirini baholashda namunaviy xatolar va ularni bartaraf etish usullari muhokama qilindi.

Anjumanning ikkinchi kunida foyda va xarajatlarni tahlil qilish usullarini muhokama qilinadi

Anjumanning ikkinchi kuni ishtirokchilar ijtimoiy sohada tartibga solish ta’sirini baholash va haqiqiy ta’sirni baholash (OFV) doirasida foyda va xarajatlarni tahlil qilish usullarini muhokama qilishadi. Trening davomida ishtirokchilar “Ayrim daraxt turlarini kesishni cheklashning maqsadga muvofiqligi” mavzusidagi keys misolida ushbu ishning ijobiy va salbiy tomonlarini batafsil o‘rganishadi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tartibga solish ta’sirini baholash va haqiqiy ta’sirni baholashda keng jamoatchilikni jalb qilish bo‘yicha referent guruhlar bilan samarali muloqotni tashkil etish usullari bo‘yicha ko‘nikmalarini ham kengaytirishadi.

Seminar-treningning nazariy qismi amaliy guruh mashg‘ulotlari bilan to‘ldirildi.

Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi omillar muhokama qilindi

Anjumanda biznes va hokimiyat o‘rtasida konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish orqali tartibga solish ta’sirini baholash tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi ma’muriy to‘siqlarni, samarasiz tartibga solishni bartaraf etish imkonini berishi ishtirokchilar tomondan ta’kidlandi.

Seminar-trening yakunida qonun hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar