Iqtisodiyot mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavriat yo‘nalishi talabalari o‘qishini Bank-moliya akademiyasiga ko‘chirishi mumkin

Iqtisodiyot mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavriat yo‘nalishi talabalari o‘qishini Bank-moliya akademiyasiga ko‘chirishi mumkin

“2020–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2020–2025 yillarda Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasi hamda ushbu konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, Akademiya O‘zbekistonning bank va moliya sohasi uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni hamda rahbar kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Akademiyaning bakalavriat va magistraturasida:

  • davlat granti mablag‘lari hisobidan – faqat davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari xodimlari;
  • Akademiya Kengashi tomonidan tasdiqlangan kvota bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida – O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlar ta’lim oladi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 sentyabrga qadar tanlov o‘tkazish orqali boshqa oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiyot mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavriat yo‘nalishining 3-kursidagi iqtidorli talabalari o‘qishi Akademiyaga ko‘chiriladi.

2021 yil 1 sentyabrga qadar ilmiy maqolalar mualliflarining ishlarini moliyalashtirish maqsadida Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil qilinadi.

Shuningdek, 2022 yil 1 sentyabrga qadar Akademiya Kengashi tomonidan belgilanadigan tartibda bakalavriat dasturlari bo‘yicha o‘qishga qabul qilish tashkil etiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar