Jahon banki O‘zbekistonga 30 yil muddatga 95 mln dollar kredit ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonga 30 yil muddatga 95 mln dollar kredit ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonga COVID-19ga qarshi kurashish uchun 95 mln dollar ajratadi. Mablag‘ tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kam ta’minlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirishga yo‘naltiriladi.

Kredit "O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish" loyihasini amalga oshirish uchun 30 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan ajratiladi.

Sal oldin Janubiy Koreya hukumati O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi kurashish uchun 5 million dollar miqdorida favqulodda yordam ko‘rsatishga qaror qilgan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar