Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasini e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasini e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda yangi koronavirus COVID-19 pandemiyasini e’lon qildi. Bu haqida tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyesus e’lon qildi. Hozirgi kunda dunyoda kasallanganlar 114 mamlakatda 126 ming kishidan oshdi. 4638 kishi vafot etgan. Kasalxonalarda minglab odamlar o‘z hayotlari uchun kurashmoqda.

“Kelgusi kunlar va haftalarda biz kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichini, shuningdek, kasallik yetib borgan mamlakatlar sonini yanada oshishini taxmin qilyapmiz.

JSST kunu tun vaziyatni baholamoqda. Bizni virusning tez tarqalishi va uning ta’sirining jiddiyligi, shuningdek, bezovtalikga sabab bo‘luvchi harakatsizlik darajasi juda tashvishlantiradi. Shu munosabat bilan, biz COVID-19 - koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq hozirgi holatni - pandemiya deb atash mumkin degan xulosaga keldik", degan JSST direktori Tedros Adxan Gebreyesus.

Pandemiya - butun dunyoda bir necha mamlakatlarni qamrab olgan va minglab kishilarga yuqqan ommaviy kasallik tarqalishidir (epidemiya). Insoniyat tarixida eng so‘nggi pandemiya 1918 -1920 yillarda bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda dunyo bo‘ylab 50 million kishi qurbon bo‘lgan.

O‘rta asrlarda Yevropada qora o‘lat (bubonnaya chuma) epidemiyasi 25-30 million kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Bu Yevropa aholisining deyarli yarmi bo‘lgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar