Joriy o‘quv yilida kam ta’minlangan oila farzandlari va So‘x tumanida istiqomat qiluvchilar uchun kvota ajratiladi

Joriy o‘quv yilida kam ta’minlangan oila farzandlari va So‘x tumanida istiqomat qiluvchilar uchun kvota ajratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bexzod Musayev rahbarligida 2020/2021 o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan offlayn brifing bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy o‘quv yili uchun So‘x tumanida istiqomat qiluvchi bitiruvchilariga OTMlarga kirishda alohida 500ta davlat granti kvotasi beriladi. Shuningdek, kam ta’minlangan ayollar va ularning farzandlariga alohida 800ta davlat granti uchun kvota ajratiladi.

Ikkala kvotaning ham kimlarga berilishi tartibi tez orada tasdiqlanib, e’lon qilinadi.

Bu yilgi taxminiy qabul kvotasi 156 000 tadan oshishi kutilmoqda. 144 000 tasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va qolgani magistratura mutaxassisliklariga ajratiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar