Karantinda bo‘lib turgan fuqarolarning har biriga 14 kunlik karantin davri uchun qancha mablag‘ sarflanmoqda?

Karantinda bo‘lib turgan fuqarolarning har biriga 14 kunlik karantin davri uchun qancha mablag‘ sarflanmoqda?

23 aprel kuni Xalqaro press-klubda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov, Moliya vaziri Timur Ishmetov, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov va Toshkent bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov ishtirokida sessiya bo‘lib o‘tdi.

Unda ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda kasallikdan davolanayotganlar ham, kasallikda gumon qilinganlar ham, karantinda saqlanayotganlarning barchasi bepul, davlat byudjeti hisobidan davolanmoqda, muolajalar olib borilmoqda.

“Karantinda bo‘lib turgan fuqarolarning har biriga 14 kunlik karantinda davri uchun 2,4 million so‘mdan, koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga olingan har bir bemorning tiklanishi uchun 2,8 million so‘mdan mablag‘ sarflanmoqda”, deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar