Koronavirus infeksiyasi qaysi davlatlarda umuman qayd etilmaganligi ma’lum qilindi

Koronavirus infeksiyasi qaysi davlatlarda umuman qayd etilmaganligi ma’lum qilindi

Dunyoda COVID-19 virusi birorta holati qayd etilmagan davlatlar soni kamaymoqda. Bu haqda Al Jazeera AQSh Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga asosan xabar qildi.

Butun dunyoda 1 860 011 kishi bu virusga chalingan, ulardan 2 816 674 kishi sog‘aygan. 13 aprel holatiga BMTga a’zo bo‘lgan 193 ta davlatdan 17 ta davlat tomonidan koronavirus holatlari haqida rasmiy ravishda ma’lum qilinmadi: Vanuatu; Kiribati; KXDR; Komor orollari; Lesoto; Marshallov orollari; Mikroneziya; Nauru; Palau; Samoa; San-Tome va Prinsipi; Sulaymon orollari; Tojikiston; Tonga; Turkmaniston; Tuvalu; Janubiy Sudan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ba’zi mamlakatlarda hali COVID-19 uchun test yo‘qligi sababli infeksiya holati qayd etilmagan. Boshqalar esa, uzoq jo‘g‘rofik joylashuvi tufayli virus yetib kelmayapti – bu eng asosiy kichik orollardagi davlatlar.

Jons Xopkins universitetining oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda 115 225 o‘lim holatlari qayd etilgan. Kasallanish holatlari eng ko‘p qayd etilgan davlatlar - AQSh (557 590), ikkinchi o‘rinda Ispaniyada (169 496) va uchinchi - Italiya (156 363).

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar