Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi nechi foizga yetdi?

Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi nechi foizga yetdi?

O‘zbekistonda 2020 yilning birinchi choragida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil qildi. Bu haqda moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov o‘zining 2019 yildagi Davlat byudjetining ijrosi yuzasidan O‘zLiDeP fraksiyasiga bergan hisobotida ma’lum qildi.

Hisobotga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-mart oylarida eng yuqori ishsizlik darajasi 9,8 foiz bilan Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida, 9,7 foiz bilan Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida qayd etilgan. Ishsizlik bo‘yicha eng past ko‘rsatkich esa Toshkent shahrida (7,8 foiz) aniqlangan. Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholi (ishsizlar) soni 1,399 mln kishini tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 2019 yilning I choragida ham 9,4 foizni tashkil etgan edi. Xuddi shuningdek, ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholi (ishsizlar) soni ham 1,4 mln nafarga (1,391 mln) yetgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar