Koronavirus yuqtirgan bemorlarning ikki nafari og‘ir ahvolda

Koronavirus yuqtirgan bemorlarning ikki nafari og‘ir ahvolda

Ayni paytda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan holatlar soni 390 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 188 nafari erkak, 202 nafari ayollardir.

Yosh jihatdan:

  • 0-9 yoshgacha – 10 nafar (2,6%);
  • 10-19 yoshgacha – 15 nafar (3,8%);
  • 20-29 yoshgacha – 59 nafar (15,1%);
  • 30-39 yoshgacha – 111 nafar (28,5%);
  • 40-49 yoshgacha – 123 nafar (31,5%);
  • 50-59 yoshgacha – 48 nafar (12,3%);
  • 60-69 yoshgacha – 17 (4,4%);
  • 70-79 yoshgacha – 6 (1,5%);
  • 80 yoshdan yuqori bo‘lganlar 1 nafar (0,3%)ni tashkil etmoqda.

Ayni paytda:

  • Toshkent shahrida 170;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2;
  • Andijon viloyatida 61;
  • Buxoro viloyatida 19;
  • Namangan viloyatida 48;
  • Farg‘ona viloyatida 64;
  • Xorazm viloyatida 18;
  • Qashqadaryo viloyatida 6;
  • Navoiy viloyatida 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor davolanmoqda.

Bemorlarga tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro standartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda.

Bemorlarning 31 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda. Shundan 9 nafarining ahvoli nisbatan og‘ir, 2 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir baholanmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar