Koronavirusdan sog‘ayganlar 900 nafarga yetdi

Koronavirusdan sog‘ayganlar 900 nafarga yetdi

Farg‘onadan sog‘ayganlarning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, 4 nafari Farg‘ona viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan va 1 nafari Sirdaryo viloyatidan. Ularning 5 nafari Turkiyadan kelgan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 2 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2020 yil tug‘ilgan. Viloyatda shu paytga qadar 52 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 59 nafarga yetdi.

Qashqadaryoda tuzalib chiqqan 14 yoshli (erkak ) bemor Chiroqchi tumanidan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Viloyatda shu paytga qadar 4 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 5 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 900 nafarni tashkil etmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar