Koronvirus yuqtirganlar soni ortib bormoqda

Koronvirus yuqtirganlar soni ortib bormoqda

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda dunyo bo‘yicha 66493 ming kishi koronavirusni yuqtirib olgan. Xitoy hududida 42 655 kishida kasallik holati qayd etilgan.

Jami 8279 kishi kasallikdan davolanib, tibbiyot muassasasidan javob berib yuborilgan bo‘lsa, vafot etganlar soni 1526 kishini tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati 2019 yil 31 dekabrda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga Xubey viloyatining Uxan shahrida noma’lum virus tarqalgani haqida xabar qilgan. Keyinchalik mutaxassislar tomonidan kasallik tarqatuvchisining 2019-nCoV koronavirusi ekanligini ma’lum qilgandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar