Kredit olishda tadbirkorlarga o‘rnatilgan barcha cheklovlar olib tashlanadi

Kredit olishda tadbirkorlarga o‘rnatilgan barcha cheklovlar olib tashlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 may kuni tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Pandemiya oqibatlarini yumshatish doirasida “Har bir oila – tadbirkor” dasturiga ajratilgan 1 trillion so‘m kredit mablag‘larini qaytarish muddati uzaytirildi. Shu bois, ushbu dasturni to‘liq amalga oshirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 100 million dollar resurs ajratildi.

Prezidentimiz mahsulot, uskuna, xomashyo hamda aylanma mablag‘lar uchun kredit olishda tadbirkorlarga o‘rnatilgan barcha cheklovlar olib tashlanishi kerakligini ta’kidladi. Markaziy bankka kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik sub’yektlariga kreditlar berish shartlarini soddalashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Mahsulotlarga talabni yaratish uchun savdo faoliyatini rag‘batlantirish, aholining iste’mol qobiliyatini oshirish maqsadida iste’mol kreditlari berishni kengaytirish lozimligi qayd etildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar